18 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Biz bu operani bir necha marta ko'rganmiz". Oliveyra - Topuriyaning "tresh-tok"lari haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Iliya Topuriyaning o'zi tomon aytilayotgan shov-shuvli bayonotlariga javob qaytardi.
Ularning jangi 29 iyun kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) UFC 317 turnirida bo'lib o'tadi.
"U nimalarni gapirayotgani men uchun ahamiyatsiz. 29 iyun kuni yuzma-yuz uchrashganimizda nima bo'lishini Yaratgandan boshqa xech kim bilmaydi. Men Iliya uchun ham, menga qarshi chiqadigan har qanday jangchi uchun ham jiddiy muammoman. Qo'llarimda kuch bor va ajoyib jiu-jitsu ko'nikmalariga egaman.
Topuriya yoki boshqa kim nima desa ham farqi yo'q. Biz bu operani ko'p marta ko'rganmiz. Ular ko'p gapirishgan, natija nima bo'lganini esa yaxshi bilasizlar — mening qo'lim ko'tarilgan", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar