25 iyu 12:20
Yangiliklar
Biz kutgan kun keldi! Bugun ikki markaziy jangi hamyurtlarimiz ishtirokida o'tadigan UFC Abu-Dhabi turniri bo'lib o'tadi! (Barcha tafsilotlar)
Ahamiyatlisi, tarixda ilk bor bir musobaqada ikki hamyurtimiz, bo'lib ham markaziy janglarda vakillarimiz ishtirok etadi.
Asosiy jangda Bogdan Guskov rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi. Co main event'da esa Ramazon Temirov Avstraliya vakili, titul uchun sobiq davogar Stiv Erceg bilan jang qiladi.
Turnir Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglariga esa 21:00 da start beriladi. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslar 22:30 dan so'ng o'tkazilishi kutilmoqda.
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim og'ir vaznda: Magomed Ankalaev (Rossiya, 21-2-1) vs BOGDAN GUSKOV (O'zbekiston, 18-3-1)
Co main event, o'ta engil vaznda: Stiv Erceg (Avstraliya, 14-4) vs RAMAZON TEMIROV (O'zbekiston, 19-2)
Yarim o'rta vaznda: Islam Dulatov (Germaniya, 12-1) vs Vellington Turman (Braziliya, 18-8)
Og'ir vaznda: Rizvan Kuniev (Rossiya, 14-3-1) vs Tayrell Forchun (AQSH, 18-3)
Engil vaznda: Magomed Zaynukov (Rossiya, 8-0) vs. Damian Rjepecki (Polsha, 10-0)
Yarim o'rta vaznda: Saygid Izagaxmaev (Rossiya, 22-3) vs. Abubakar Vagaev (Rossiya, 24-4).
Prelim kard:
Og'ir vaznda: Valter Uoker (Braziliya, 15-1) vs Tomas Petersen (AQSH, 11-4)
Yarim og'ir vaznda: Dastin Jeykobi (AQSH, 22-9-1) vs Muxammad Said (BAA, 9-0)
Yarim o'rta vaznda: Santyago Ponzinibbio (Argentina, 30-9) vs Sem Patterson (Buyuk Britaniya, 14-3-1)
Engil vaznda: Ismael Bonfim (Braziliya, 20-6) vs Aksel Sola (Franciya, 11-1-1)
Yarim og'ir vaznda: Brendson Ribeyro (Braziliya, 17-10) vs. Magomed Tuchalov (BAA, 6-0)
Engil vaznda: Nurullo Aliev (Tojikiston, 11-0) vs. Mayk Devis (AQSH, 12-3)
Eng engil vaznda: Abdul Xusseyn (Finlandiya, 15-2) vs. Kodi Gibson (AQSH, 21-12).
Fikrlar