16 jan 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA
"Biz xech qachon do'st bo'lmaganmiz". Beterbiev Bivol bilan jang haqida
Yarimog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Artur Beterbiev yana Dmitriy Bivol bilan jang qilish istagini malum qildi.
"Menga Bivol kerak. U bilan jang qilishni istardim, chunki unda menga kerak bo'lgan narsa bor. Umid qilamanki, 2023 yilda Dmitriy bilan jang qilaman. Ammo cho'zilish biz tomondan emas, ular tomondan bo'lmoqda. So'nggi uch yil ichida u keyingi jangi men bilan o'tkazishi haqida gapirdi, ammo bu vaqt orasida biz Gvozdik va Jo Smit bilan birlashtiruvchi janglar o'tkazdik.
Oldin biz terma jamoa tarkibida havaskor sifatida birga harakat qilardik. Ammo biz 10 yildan buyon gaplashmayapmiz. O'shanda u 75 kg edi va men uchun juda kichiklik qilardi. Biz xech qachon do'st bo'lmaganmiz", - dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar