24 iyu 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Blaxovich UFC’ning yangi reytingi haqida: "Ikki kun oldin Guskov eng kuchli raqib bilan jang qilgan edi"
Yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich yarim hazil, yarim chin aralash bilan uni divizionning to'rtinchi o'rnidan o'n beshinchi pog'onasiga tushirib yuborgan yangi reyting tizimi haqida piching qilib gapirdi.
"Ikki kun oldin Guskov yarim og'ir vazn toifasi reytingida ko'tarilish uchun eng kuchli raqib bilan jang qilgandi. Endi esa hammasi aksinchaga o'xshaydi", - deb yozdi polshalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, yarim og'ir vazn toifasining suniy intellekt tomonidan hisoblangan yangi reytingida Bogdan Guskov o'ninchi o'rinda qolgan bo'lsa, Yan Blaxovich 4-o'rindan 15-pog'onaga tushib ketgandi.
Blaxovich va Guskov o'rtasidagi jang 1 avgust kuni Belgradda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 283 turnirining ikkinchi muhim jangi bo'ladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar