11 sen 17:56
Yangiliklar

Bob Arum: "Bu jang tashkil etilishiga ishonmayman"
Top Rank rahbarining fikricha, Aleksandr Usikdan mag'lubiyatga uchragan britaniyalik bokschi Fyuri bilan jang qilishga shoshilmasligi kerak.
"Bu jang tashkil etilishiga ishonmayman. Menimcha, Eddi Xirn bunga jiddiy qarayotgani yo'q.
Usikka ketma-ket ikkita jangda mag'lub bo'lganidan keyin yana ringga ko'tariladigan bo'lsa, Joshua yuqori saviyada jang o'tkazishidan oldin o'ziga bo'lgan ishonchini tiklashi kerak. Buning uchun u osonroq jang o'tkazishini istardim.
Agar Joshua to'g'ridan-to'g'ri Fyuriga qarshi chiqsa, bu Entoni uchun juda qiyin jang bo'ladi. Fyuri uni Usikdan ham ko'proq kaltaklaydi", - deya Arum so'zlarini keltiradi Boxing News 24/7.
Yaqinda uning Usik bilan fevral oyida jang qilishi haqida xabarlar chiqqan edi, ammo Tayson shu yilning o'zida Entoni Joshua bilan jang qilishni xaohlayotganini aytdi.
Fikrlar