28 fev 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum va Eddi Xirn mutlaq jahon chempionining jangini tashkil etishdagi "savdo"da yutqazdi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopening Kambososga qarshi jangini tashkil etish bo'yicha kelishuv bo'lib o'tdi.
Eng yaxshi taklifni yaqinda tashkil topgan Triller Fight Club tashkiloti berib, jang huquqini sotib olish uchun 6 million dollar to'ladi. Bob Arum tashkiloti 2,3 million dollar taklif qilgan.
SHuningdek, jangni tashkil qilish uchun Eddi Xirnning Matchroom Boxing kompaniyasi ham 3,5 million dollar to'lashini aytib o'tgan. Bokschilar 6 million dollarlik gonararni 65 foizi Lopesga berishga kelishib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Lopes oxirgi jangda Vasiliy Lamachenkoni mag'lub qilib, uni birdaniga uchta kamardan mahrum qilgan edi. Kambosos esa Li Selbi ustidan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar