07 mar 13:05
Yangiliklar
Dzyudo

Bobonov jahon chempionini mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi + FOTO
Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirining -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Ilk davrada belaruslik Viktor Klyavusauni ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratgan Bobonov biroz avval gruziyalik jahon chempioni Avtandili Tchrikishvilini ham ippon bilan engdi. Birozdan so'ng Davlat jahon chempionatining bronza medali sovrindori, koreyalik Dong Xan Gvakka qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar