12 dek 14:21
Yangiliklar
Bobousmon ringga chiqqan oqshomning markaziy jangi to'liq davom etdi
RCC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomning markaziy jangi birinchi o'rta (69,9 kg.gacha) vazn toifasida rossiyalik Magomed Kurbanov (23-0, 13 KO) hamda venesuelalik Xoan Gonsales (31-1, 31 KO) o'rtasida o'tkazildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib hakamlar qaroriga ko'ra elon qilindi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori (97-93, 97-93, 97-93) bilan Magomed Kurbanov g'alaba qozondi va mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu boks oqshomining ilk jangida o'zbekistonlik 28 yoshli bokschi, havaskorlar o'rtasida Osiyo chempioni (2019, 2021), jahon chempionatining bronza medali sohibi (2019) Bobousmon Baturov rossiyalik Artyom Pugach (1-2-2)ni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar