So’nggi yangiliklar

19:53Махачевнинг мураббийи: "Одамлар контекстдан юлиб олишади, мен бошқача гапиргандим" 0 17:53Billie Jean King Cup. Терма жамоамизда қаторасига учинчи мағлубият, бу сафар митти орол мамлакат теннисчиларга ютқаздик 0 17:32Breaking! "Пахтакор" футболчиси яна легионерга айланди 0 17:11Ўзбекистон терма жамоаси жаҳон чемпионати яккалик баҳсларидаги иштирокини якунлади 0 16:51Агар Евлоев ғалаба қозонса, катта эҳтимол билан навбатдаги даъвогар бўлади 0 16:30"Анкалаев ўзини шарманда қиляпти" - собиқ чемпион 0 16:09"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи 0 15:48Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатини 4 та медаль билан бошлашди, 2 таси олтин + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа жанг борасида дастлабки келишувга эришди 0 15:06Ярим асрлик умр муборак, Оксана Чусовитина! 0 14:45Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири! 0 14:24Сауль Альварес - Теренс Кроуфорд жанги 65 минглик аренада ўтказилади 0 14:03Порье хайрлашув жангини кимга қарши ўтказишни истаганини айтди 0 13:42Медведев фаолиятида 400-ғалаба, у Топ-10`га қайтади 0 13:21Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум 0

04 iyu 13:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobur Qurbonov chempionlik jangidagi bahsli mag'lubiyatini izohladi

Yarim o'rta vazn toifasida MMA Series sobiq chempioni, o'zbekistonlik Bobur Qurbonov 30 iyun kuni rossiyalik Sergey Bobrishev bilan jang qilib, mag'lubiyatga uchragan edi.

Hamyurtimiz mazkur jangdagi mag'lubiyatini quyidagicha izohladi:

"Assalomu alaykum, hurmatli do'stlar! Jangni yutqazdik, lekin Xudoga shukur, o'zimga hech narsa qilmadi. Men hech narsa deya olmayman. Nega unday bo'ldi? CHarchadim to'g'risi. Lekin ishonamanki, dastlabki uchta raundni yutdim. To'rtinchi va beshinchi raundlarni yutqazdim. Buni ham tan olaman. Ikki marta jangni to'xtatishga buyruq berildi, lekin bilmadim, nega jang to'xtatilmadi. 

Qonga belandik, men yutdim, deb o'ylagan edim. 4-5-raundlarni berdik, lekin qolganlarini aniq yutdim, deb o'ylagan edim. Mayli endi, nima ham qilamiz, bu sport. Uchinchi jangga kelishib oldik. Xudo xohlasa, bu safargisiga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Uzr, muxlislar, yutishni juda xohlagandim. Allohni aytgani bo'lar ekan, bu safar yutqazishimiz kerak ekan. Ming bor uzr, muxlislar!".

Eslatib o'tamiz, Qurbonov - Bobrishev revansh jangi MMA Series 70 turniri doirasida o'tkazildi. CHempionlik jangi to'liq 5 raund davom etdi va unda hakamlarning bahsli qarori tufayli Bobur Qurbonov mag'lub bo'lib, chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing