09 okt 07:53
Yangiliklar

Bogdan Guskov: "Blaxovichni yutsam, chempionlik jangiga juda yaqin kelaman"
"Men bor etiborimni Yan Blaxovichga qarshi jangda g'alaba qozonishga qaratganman. Agar g'alaba qozonsam, chempionlik uchun kurashga juda yaqin kelaman, ha, ko'pi bilan bitta jang.
Ankalaevga qachon revansh jangi yoki chempionlik uchun kurashish huquqi beriladi? Ochig'i, bilmayman. Irji Proxazka va Xalil Rauntri ajoyib jang o'tkazishdi. Karlos Ulberg ham chempionlik yo'lida kurash olib bormoqda.
Davogar va Ankalaevning Proxazka bilan jang qilishi katta rol o'ynashi mumkin, ammo men negadir Aleksandr Rakich va Azamat Murzakanovni ham ro'yxatga qo'shgim kelyapti.
Qolaversa, Xamzat CHimaev Pereyraga qarshi jang qilmoqchi edi. Ammo menimcha, o'rta vazn toifasidagi chempionga yarim og'ir vazndagi chempionlik unvoni uchun jang darhol berilmaydi. Aks holda divizion muzlab qoladi”, dedi Guskov.
Fikrlar