29 okt 09:57
Yangiliklar
Bogdan Guskov reytingida bir nechta o'zgarishlar ro'y berdi
Jumladan, hamyurtimiz Bogdan Guskovning yarim og'ir vazn toifasi reytingida qator o'zgarishlar bo'ldi. Aynan UFC 321 turnirida ajoyib g'alabaga erishgan Azamat Murzakanov uch pog'onaga yuqorilab, 7-o'ringa joylashdi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi avstriyalik Aleksandr Rakichni kuchli jeb zarbasi bilan chuqur nokautga uchratgan edi. Rakich 7-o'rindan 10-pog'onaga tushib ketdi.
CHempionlik kamari uchun sobiq davogar Xalil Rauntri 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Aksincha, Bogdan Guskovning bo'lajak raqibi Yan Blaxovich 4-o'rindan 5-pog'onaga tushdi. Guskov esa bu safar ham reytingda o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin! Vazn chempioni - Aleks Pereyra! Irji Proxazka birinchi, endilikda sobiq chempion Magomed Ankalaev keyingi o'rindan joy olgan.

Fikrlar