19 noy 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov UFC'dagi keyingi jangi oldidan allaqachon Las-Vegasga etib borib, mashg'ulotlarni boshlab yubordi (VIDEO)
Yarim og'ir vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov okean ortiga etib bordi.
Hamyurtimiz 7 dekabr tongida Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC 323 turnirida polshalik Yan Blaxovich bilan bahs olib boradi.
Bogdan Instagram sahifasi orqali allaqachon Las-Vegasga etib borib, UFC Performance Institute majmuasida mashg'ulot o'tkazayotganini malum qildi.
Malumot uchun, Bogdan Guskov hozirda yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi. Blaxovich esa ushbu reytingda to'qqizinchi pog'onada qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar