15 okt 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha olti vaznda jahon chempioni aralash qoidalardagi ilk g'alabasiga erishdi
Boks bo'yicha olti vazn toifasida jahon chempioni, 30 yoshli Amanda Serrano o'zini aralash qoidalar jangida sinab ko'rmoqda.
Serrano Combate Americas promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan shouda ishtirok etdi. Amanda o'zining aralash qoidalardagi ikkinchi jangida g'alabaga erishdi.
Amanda birinchi raundning o'zida raqibasi Erendir Ordonesni bo'g'uvchi usul yordamida mag'lubiyatga uchratdi. Serranoning aralash qoidalar bo'yicha shu yil aprel oyida o'tkazgan ilk jangida durang natija qayd etilgandi.
Havola :
Fikrlar