18 iyu 20:25
Yangiliklar

Boks. O'smirlarimiz Belarusdagi turnirda 5 ta medalga ega chiqishdi
Avvalroq, ushbu musobaqada Bekzod Xidirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari ishtirok etayotganliklari haqida xabar bergandik. Bahslarda Litva, Latviya, Rossiya, Belarus, Sloveniya va O'zbekistondan 120 nafardan ortiq bokschi qatnashdi.
Bugun mazkur xalqaro turnir o'z nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, bahslarda qatnashgan besh nafar bokschimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo'ldi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-52 kg: Samandar Olimov
-63 kg: Abdulloh Tohirov
Kumush:
-70 kg: Abbos Abdurahimov
+80 kg: Halimjon Mamasoliev
Bronza:
-50 kg: Ilhom Ergashev.
Terma jamoamiz azosi Samandar Olimov musobaqaning eng yaxshi bokschisi nomiga sazovor bo'ldi. Halimjon Mamasolievga esa muxlislardan maxsus sovg'a topshirildi.
Fikrlar