26 fev 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. O'zbekistonlik Olimpiada va jahon chempioni kutilmaganda yutqazib qo'ydi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha ananaviy "Stranja" turniri davom etmoqda.
Biroz avval musobaqa doirasida Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati oltin medali sohibi SHahobiddin Zoirov yarim final jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga hindistonlik Dipak Kumar raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va yakunda hindistonlik bokschi 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Zoirov "Stranja" turnirining bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar