27 okt 17:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/47570_220.jpg)
Boks shon-shuhrat Zaliga kirish uchun bu yilga davogarlar malum
Ushbu ro'yxatdan ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rafael Markes, sobiq jahon chempionlari Kris Jon, Mikkel Kessler, Fernando Vargas kabi bokschilar bor.
Qoidaga ko'ra, Boks shon-shuhrat Zaliga faoliyatini yakunlaganiga kamida besh yil bo'lgan bokschilar kiritiladi. G'oliblar ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni 31 oktyabr kuni yakunlanadi. Ushbu shon-shuhrat Zali AQSHning Kanastote shahrida joylashgan.
Davogarlarning to'liq ro'yxati: Yuriy Arbachakov, Pol Ayyala, Nayjel Benn, Ivan Kalderon, Sot CHitalada, Donald Karri, Kris Yubank, Leo Gomes, Rikki Xatton, Jenaro Ernandes, Julian Jekson, Santos Lasiar, Rokki Lokrij, Migel Lora, Jeyms Makgirt, Genri Maske, Dariush Mixalchevskiy, Sung-Kil Mun, Maykl Murer, Orzubek Nazarov, Sven Ottke, Vinni Pazienca, Gilberto Roman, Janfranko Rosi, Samuel Serrano, Meldrik Teylor, Fernando Vargas, Vilfredo Vaskes va Ratanapol Sor Vorapin.
Fikrlar