So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

25 iyu 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Boks va o'lim. Jangdan so'ng vafot etgan bokschilar haqida bilasizmi? + VIDEO

Teglar :  BoksO'limDadashev
Boks juda xavfli sport turi hisoblanadi.

Unda ko'plab jarohatlar, og'riqlar bo'ladi. Bazida janglar tragediya bilan yakunlanishi mumkin. SHunday janglardan biri sabab 23 iyul kuni Maksim Dadashev vafot etdi. Maksim Subriel Matiasga qarshi jangdan so'ng og'ir ahvolga tushib qolgandi. Dadashevdan tashqari yana bir nechta boks ustalari ringdan so'ng shifoxonaga olib ketilib, u erdan qaytib chiqishmagan. Bugun ana shunday voqealarni yodga olamiz.

Levander Jonson

2005 yilning sentyabr oyida engil vazn toifasida jahon chempioni Levander Jonson vafot etdi. Jonson vafotidan besh kun ilgari meksikalik Xesus CHavesga qarshi himoya jangini o'tkazgan. Xesus 11-raundda raqibini kanatga qamab qo'yib, ko'plab dahshatli zarbalar yo'lladi. Hakam uchrashuvni yakunlashni so'raydi, lekin chempion bunga rozi bo'lmadi. Biroq Jonson jang oxiriga qadar bormadi. To'qnashuv o'n birinchi raundda to'xtatiladi. Bahs yakunlanishi bilan Evanderni shifoxonaga olib borishadi. SHifokorlar unga miyaga qon quyilishi tashxisini qo'yishadi. Bokschi besh kun komada bo'lganidan so'ng vafot etdi.



Roman Simakov

2011 yil oktyabr oyida Ekaterinburg shahridagi boks oqshomida Sergey Kovalev hamda Roman Simakov to'qnash kelishdi. Jang davomida Kovalev ustunlik qiladi, ettinchi raundda Simakov nokdaun holatiga tushib qoldi. Lekin Roman oyoqqa turishga erishadi, ammo 27 soniyadan so'ng hushini yo'qotadi. SHu zahoti, bokschini shifoxonaga olib boriladi. SHifokorlar miya ishishi tashxisini qo'yishadi. Uch kundan so'ng Roman Simakov hayotdan ko'z yumadi. SHimakov vafotidan so'ng Kovalev Romanning oilasiga moddiy yordam berib turadi.



Oskar Gonsales

2014 yilning 4 fevral kuni meksikalik bokschi Oskar Gonsales Mexiko shifoxonalaridan birida vafot etdi. O'limdan uch kun avval Oskar Xesus Galiseyga qarshi jang qiladi. Bahs g'olibi yarim engil vazn toifasida WBC Silver kamariga ega chiqardi. Jangdan avval Gonsalec favorit hisoblanardi, lekin barchasi teskari bo'ldi. Xesus raqibini o'ninchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qo'ydi. SHundan so'ng Oskarning jonini saqlab qolish uchun shifokorlar qancha harakat qilishmasin, uch kunlik koma holatidan so'ng vafot etadi.



Gerbert Nkabiti

2017 yilning 29 aprelida Botsvanalik Gerbert Nkabiti hayotdan ko'z yumdi. Gerbert o'limidan bir kun ilgari u Janubiy afrikalik bokschi Villis Baloyiga qarshi ringga ko'tarilgandi. Oltinchi raundda Nkabiti kuchli o'ng qo'l aperkot zarbasini o'tkazib yuborib, nokaut holatiga tushib qoladi. SHundan so'ng bokschini Janubiy Afrikaning Brakpan shahridagi shifoxonaga olib boriladi. SHifokorlar unga miya yorilishi tashxisini qo'yishadi. Bokschi shu tariqa, o'ziga kelmay vafot etdi.


Horijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing