So’nggi yangiliklar

18:17UFC собиқ чемпиони Хабиб ва Алекс Перейранинг фаолияти ўртасидаги фарқ ҳақида гапирди 0 17:51Александр Волковнинг кейинги рақиби ким бўлиши мумкин? 0 17:25"Маракана" стадиони сотувга қўйилди 0 17:01Жон Жонс яна Оқ уйдаги турнир борасида Дана Уайтга мурожаат қилди 0 16:38Дэн Хукер: "Гэтжи билан жанг бош оғриғи. Арман Царукян билан жанг эса — чемпионлик учун йўл" 0 16:16Махачев Нью-Йоркдаги тайёргарлик лагери ҳақида: "Бундай қиммат ижара нархларини дунёда кўрмаганман" 0 15:54Винисиус Жуниор учун асосий даъвогар маълум 0 15:28Девин Хейни Райан Гарсияни судга бериш режасидан воз кечди 0 15:05"Менимча Хабиб UFC тарихида учта вазн тоифасида чемпион бўлган илк спортчи бўлиши мумкин эди" - Сехудо 0 14:44Собиқ UFC чемпиони жиддий ЙТҲга учради + ФОТО 0 14:23"Наполи" МЮнинг яна бир футболчисини олмоқчи 0 14:02Диёра Келдиёрова: "Бу катта ғурур!" 0 13:41Камбоджа 2029 йилги ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинларини икки йилга кечиктиради 0 13:20Жасур Алижонов: "Бу ерда ухлатмасангиз, ғалабани олиш қийин, айниқса..." 0 12:59"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи обкелмоқчи 0

14 mar 13:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz jahon chempionatida o'zlari uchun tarixiy natija qayd etishdi

Teglar :  Jahon chempionati
Serbiyada tashkil etilayotgan boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda.

Ortda qolgan chorak final bahslarida 4 nafar hamyurtimiz g'alaba qozondi va yarim final yo'llanmasiga sazovor bo'ldi. 

Malumki, bu bosqichga etib kelgan har bir ishtirokchi o'zi uchun kamida bronza medalini naqd qiladi. O'zbekistonlik bokschi qizlar hali hech bir dunyo birinchiligida 4 ta medal qo'lga kiritmaganini inobatga olsak, bu jamoamiz uchun tarixiy chempionatga aylanmoqda.

Kechagi kun natijalari:

-50 kg: Sabina Boboqulova - Zlatislava CHukanova (Bolgariya) 5:2

-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeeva (Qozog'iston) 0:5

-66 kg: Navbahor Hamidova - Muniya Tutire (Marokash) 5:0

-81 kg: Sohiba Ro'zmetova - Busra Isildar (Turkiya) 0:5

-48 kg: Farzona Fozilova - Anaxanim Ismailova (Ozarbayjon) 5:0

-52 kg: Feruza Kazakova - Imane El Azami (Marokash) 5:0

-57 kg: Nigina O'ktamova - Andela Brankovich (Serbiya) 0:5

-75 kg: Aziza Zokirova - Aofe Oryurki (Irlandiya) 1:4


Bugun yarim final bosqichida ringga ko'tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya CHumgalakova (Rossiya)

-50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy)

-52 kg: Feruza Kazakova - Pang CHol Mi (KXDR)

-66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing