12 iyu 13:00
Yangiliklar
Bokschilarimiz Koreyaga yo'l olishdi, ulardan biri kamar uchun ringga chiqadi
Muhammadyusuf Najmiddinov murabbiyligidagi charm qo'lqop ustalarimiz 29 iyul kuni FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks kechasida o'z janglarini o'tkazishadi.
Etiborlisi, oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz SHahzodbek SHarobiddinov (5-1) koreyalik Son Kvan Liga qarshi ringga ko'tariladi. O'n ikki raundlik jang g'olibi WBA Asia kamariga ega bo'ladi.
SHuningdek, Koreyadagi boks kechasida bokschilarimizdan Husniddin Maraimov, Doniyorbek Hayitaliev, SHahbozbek Tolibjonov, Sirojbek Ismoilov va Dovrug'bek Ibragimovlar ham o'z janglarini o'tkazishadi.
Bokschilarimiz ertadan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Koreya terma jamoasi bilan birga qo'shma mashg'ulotlarni boshlashadi.
Fikrlar