So’nggi yangiliklar

19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0 18:18Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега? 0 17:47Мераб Двалишвили ва Шон О’Мэллининг эртанги жанг учун гонорарлари маълум қилинди 0 17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0

11 okt 07:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimiz Qozog'istondagi turnirda sovrindor bo'lishdi

Aktau shahrida afsonaviy qozoq bokschisi, Qozog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy SHokir Boltekuli xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.

«Mangistau arena» sport majmuasida bo'lib o'tgan boks musobaqasida Qozog'iston, Polsha, Isroil, Suriya, Rossiya, Moldova, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan tashrif buyurgan charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi.

Xalqaro musobaqa yakunlariga ko'ra, besh nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o'rin olishdi.

-69kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov finalda qirg'izistonlik Damirdin uulu Daniyarni mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga ega chiqdi. -91kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Profsor Rorimsha kumush medal bilan kifoyalandi. Foziljon Abdumurodov (-52kg), Bahromjon Fozilov (-81kg) va Obidjon Tohirov (+91kg) esa bronza bilan yurtimizga qaytishdi.

Musobaqa yakunida hakamlar qaroriga ko'ra Bilolbek Mirzarahimov va Damirdin uulu Daniyar o'rtasida kechgan bahs turnirning eng yaxshi jangi bo'ldi. Profsor Rorimsha esa «G'alabaga bo'lgan irodasi» yo'nalishida etirof etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing