18 okt 21:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschimiz O'zbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi!
Argentinada o'smirlar Olimpiya o'yinlarining so'nggi kuni davom etmoqda.
Avvalroq, -56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalakov final jangini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.
Hamyurtimiz hal qiluvchi jangida ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining o'smirlar Olimpiadasidagi medallari soni 15 taga etdi. Ayni paytda hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo'lga kiritilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar