So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

29 okt 16:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Boksimiz yulduzlari SHahram Giyasovga "otvet" qilishdi

SHahram Giyasov Toshkentga qaytgan kunidayoq "Zo'r TV" telekanaliga intervyu berdi.

Jurnalist Marufxo'ja Xadjaevning "hozirgi avlod Riodagi natijani takrorlay oladimi?" degan savoliga Giyasov shunday javob qaytardi: "Ochig'i bu haqida hech narsa deya olmayman. Bu avlod qaytib kelmaydi. Riodagi natijani takrorlash uchun jamoada ahillik bo'lishi kerak. Bizni davrimizdagi bokschilarni, murabbiylarni bir-biriga bo'lgan muhabbatini hozir ko'rmayapman".

SHahram Giyasovning mazkur gaplariga qanday munosabatda ekanligini bilmoqchi bo'lib bokschi va murabbiylarga yuzlanganimizda "Sevimli" telekanalining "Zamon" informacion dasturi muxbiri ham voqea guvohiga aylangan edi. Bu masalada tashabbus va savol biz tomonimizdan yangraganiga qaramasdan "Zamon" informacion dasturi muxbiri bokschi va murabbiylarimizning Giyasovga javoblarini "tahlil qilgan" emish. Siz TV orqali Rahmatjon Ro'zioxunov va Bahodir Jalolovning qanday munosabatda ekanligini bilgansiz, xolos. Biz esa quyida boksimizning boshqa yulduzlari va federaciya rahbariyatining ham fikrlarini etiboringizga havola qilamiz. Demak boshladik!


Murodjon Mamadaliev (O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi): 

"Nega endi jamoada ahillik bo'lmasin? Agar inoqlik bo'lmasa, unda bunday natijalarga qanday erishayapmiz? Qanday qilib Ekaterinburgda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni oldik? Bu hammasi jamoada ahillik, birdamlik borligidan. Har kimni o'z fikri bor. Lekin SHahramning gaplari noto'g'ri".



Rahmatjon Ro'zioxunov (terma jamoa katta murabbiyi):

"SHahram Giyasovni hurmat qilamiz, yaxshi ko'ramiz, muxlislik qilamiz, shogirdimiz, u uchun jonimizni ham berishga tayyormiz. SHahram terma jamoada yursin, o'shanda biladi. SHahramga tashqaridan shunaqa ko'rinayotgan bo'lsa, yana ham bilmadim. Lekin ko'z tegmasin jamoamiz juda ahil. Hech narsa o'zgargani yo'q: o'sha murabbiylar, hozirgi yigitlar ularni ukalari. U hozir tepada turadi, biz pasroqdamiz. Bizni oldimizda yursagina vaziyatni biladi. Qaytanga, hozir avvalgidan ko'ra tartib-intizom kuchli. Lekin men unga rahmat deyman. Biz buni yana bir o'ylab ko'ramiz. Balki kamchiliklarimiz bordir. Endi u ham ancha tajriba orttirdi, katta yigit bo'lib qoldi. Yonimizga kelib "ustoz bu xato, bu to'g'ri" desa biz ham xulosa chiqaramiz".



Murodjon Ahmadaliev (terma jamoa azosi, professional bokschi):

"SHahram qaerdan biladi Tokioda nima bo'lishini? Hammasi Allohdan. Terma jamaoada ahillik bo'lganligi uchun ham terma jamoa Ekaterinburgda birinchilikni qo'lga kiritdi. Inoqlik avval ham bo'lgan, bundan keyin ham davom etadi. Hozir yigitlarda masuliyat ikki karra kuchli. Xudo xohlasa, Tokiodan yuzlari yorug' bo'lib qaytishadi. Ularga omad tilayman".



To'lqin Qilichev:(terma jamoa murabbiyi):

"SHahram hozir terma jamoada emasku, balki bilmas. Har kimga o'zi bo'lgan tarkib yoqadi, shuning uchun sog'inib gapirgandir. Rio Olimpiadasida rekord o'rnatgan edik, Jahon chemoionatida ham shu ishni qildik, faqat boshqa tarkib bilan. Xudo xohlasa, Tokioda yana bir bor buni isbotlaymiz. Ko'z tegmasin, oramizdagi mehr-muhabbat kundan-kunga mustahkamlansa mustahkamlanadiki, aslo kamaymaydi".



Bahodir Jalolov (terma jamoa etakchisi, jahon chempioni): 

"To'g'risini aytsam, SHahramni bu gaplaridan biroz ranjidim. Fikrlariga umuman qo'shilmayman. Balki bilmay gapirgandir, lekin ahillik yo'qligi haqida hech qanday gap bo'lishi mumkin emas. Natijaga keladigan bo'lsak, ilohim, Tokiodan 8 ta oltin olaylik. Agar minimum 2 ta oltin oladigan bo'lsak ham, 2016 yilgi natijani takrorlagan bo'lamiz. CHunki ular 10ta vaznda ishtirok etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib Olimpiya o'yinlarida 8 ta vazn qolgan".


Biz ushbu material orqali SHahram Giyasov va terma jamoa o'rtasiga nizo solish niyatidan yiroqdamiz. SHunchaki, agar bunga terma jamoa azolari o'z munosabatlarini bildirmaganlarida, Giyasov ushbu masalada haq bo'lib chiqar edi.


Xurshida Abdikulova, Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
29 okt 17:29:49
Kosimovboxing
sparring videosini ko‘rdik Shaxram 3ta raundda ham aniq ishlab olgan, Bobousmon gryazni boks bilan palapartish ishlagan Shaxram jahon va osiyo chempioni, professional boksda wba intercontinental kamari egasi, O‘zbekiston iftixori uni chekkaga chiqardixlar, Shaxram to‘g‘risini aytibdi, rostandan ham ahillik yo‘qligidan kesatyapdi trenrrlar.
+1   
29 okt 22:14:59
Canelo
Оддий гап сузга хам вахима кутариш ярамайди. Именно Гиясов эмас боксимиз фахрларидан исталгани танкид килиш ва фикрини очик айтишга хакки бор. Профессионал булиб уз устида ишлаб ундан кура Токиони уйлашсин бориб олтинларни калаштириб узларини курсатишсин. Худо билади бу гаплари хам мотивация булар боксчиларимизга
+1   
29 okt 22:02:25
Canelo
Шахрам эркин фикридан хам керак булса танкид килишга хам хакки бор. Билишимча олтин олмаган булсада утган олимпиадада боксчиларимиз орасида хориж матбуотида энг куп ёритилган айнан у эди. Профессионаллик нуктаи назардан тури тушуниш керак
+1   
29 okt 18:01:59
Kosimovboxing
aristokrat5559 foydalanuvchining fikriga javob berish
Очиги бошидахам ишонмагандим Шахрамни Бобо -Усмонга ютказганига. Видеосини каердан топсам булади. Шахрам профессионал уни гапларини хурмат килса арзийди. Факат бу гаплар унинг мураббийларини дилини огритмаган булса булгани. Ахир Устоз Отангдек улуг.
Youtubeda chiqdi yaqinda, Shaxram Bobousmonsparringdeb yozsaiz topasiz Shaxramning treneri Ravshan Xodjayev! Qilichevni shogirdlari Isroil, Murodjon, Bahodir, Elnur, Isroil, Bobo, Sanjar, Mahmud. E'tibor beryapsizmi shogirdi bo‘lmagan Bektemir Hasanboy Shaxram Fayzi IqbolRustamlar uje outda
   
31 okt 13:51:05
Mironsho Jabborov
Gaiga
   
29 okt 22:32:13
Sanjar Abadiya

hozir umuman uztoz shogir orasida hurmat yoq nafaqat boksda boshwa sohalardayam shu risyanam oldingi davr qaytib kelmaydi u davrlarda insonlar bir birini hurmat qilardi hozir p bop qogan katta kichikni kichik katyani hutmat qimaydi hozirgi avlod tugilishi bn aql bn tugilgan geniy lekin hurmat zamonlar qaytmaydi
   
29 okt 18:21:59
Elmurod
Oldingi Shahram hozir yoq BoboUsman yaxshi natija bn yutgan yaxshilab korib chiqinglar
   
29 okt 17:58:29
SPRINTERshashist
Ахиллик бор йуклигини билмадим-у. Корупция аник бор. Мураббийлар битта иккита уз суюкликларини олиб боришган доим
   
29 okt 17:57:32
aristokrat5559
Kosimovboxing foydalanuvchining fikriga javob berish
sparring videosini ko‘rdik Shaxram 3ta raundda ham aniq ishlab olgan, Bobousmon gryazni boks bilan palapartish ishlagan Shaxram jahon va osiyo chempioni, professional boksda wba intercontinental kamari egasi, O‘zbekiston iftixori uni chekkaga chiqardixlar, Shaxram to‘g‘risini aytibdi, rostandan ham ahillik yo‘qligidan kesatyapdi trenrrlar.
Очиги бошидахам ишонмагандим Шахрамни Бобо -Усмонга ютказганига. Видеосини каердан топсам булади. Шахрам профессионал уни гапларини хурмат килса арзийди. Факат бу гаплар унинг мураббийларини дилини огритмаган булса булгани. Ахир Устоз Отангдек улуг.
   
29 okt 17:38:07
Kosimovboxing
Oltin avlod qaytmaydi
   
29 okt 17:33:43
Kosimovboxing
Terrma jamoada murabbiylar hohlagan ishini qilishadi, Sanjar Tursunov Jamshid Abdullayevga yutqazsa ham uni oborishyapdi litsenziyaga, qani shaffoflik? Sanjar, Bobo, Elnur Tokioga turist bo‘lishadi! 75 va 81da litsenziyamiz yo‘q. Qanaqasiga 3ta oltin 2ta kumush 2ta bronza olish mumkin? U uchun Hasanboy Shaxram Fazliddin Bektemirlarni tanish-bilishlik qilib haydamaslik kerak edi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing