18 fev 10:33
Yangiliklar
Boku "Katta Dubulg'a". Bugun 7 nafar og'ir vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz
Bugun musobaqaning so'nggi uchinchi kuni og'ir vazn toifasida medallar ham Olimpiada yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bellashuvlar bo'lib o'tadi. Bugungi bahslarda terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Hozircha O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz va ularning ilk raqiblari:
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov - Van Noel (Niderlandiya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Kayl Reyes (Kanada)
-100 kg: Rustam SHorahmatov - Luri Mokanu (Ruminiya)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Marvin Gadeu (Monako)
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Una Dolgilevica (Latviya)
+78 kg: Rinata Ilmatova - Akmarjan Turdajieva (Qirg'iziston)
+78 kg: Fotima Quramboeva - Karina Takieva (Qozog'iston)
Fikrlar