21 iyu 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bolakay biroz adashdi". Maddalena Topuriyaning ustidan kuldi
UFCning yarim o'rta vazn toifasidagi chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalena Iliya Topuriyaning BMF kamari haqidagi gaplariga javob berdi.
Avvalroq gruziyalik Topuriya ijtimoiy tarmoqda BMF kamari aslida o'ziga tegishli ekanligini yozgan edi.
"Bolakay biroz adashdi. Aslida u meniki", — deb izoh qoldirdi Maddalena Topuriyaning postiga.
Eslatib o'tamiz, Maddalenaning navbatdagi jangi rossiyalik Islam Maxachevga qarshi bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar