01 avg 17:14
Yangiliklar
Futbol
Bonuchchi "Ayaks"ga o'tishi mumkin
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchining agenti mijozining xizmatlarini "Ayaks"ga taklif qildi, deb xabar berdi "Telegraaf".
36 yoshli italiyalik Turin klubini tark etishi mumkin, chunki murabbiylar shtabi u bilan hisoblashmayapti. "Yuventus" futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tayyor.
Avvalroq futbolchiga "Inter" va "Lacio" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bonuchchi o'tgan mavsumda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
Havola :
Manba : Telegraaf
Fikrlar