19 iyu 07:40
Yangiliklar

Boom. Nursulton Ro'ziboevning UFC'dagi navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi o'tishi malum bo'ldi
4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida joylashgan Ibirapuera Gymnasium majmuasida navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur oqshomda o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev (35-8-2) oktagonga chiqishi rejalashtirilmoqda. U mezbon yurt vakili Kayo Borralo bilan to'qnash keladi. Bu haqda taniqli MMA insayderi Marsel Dorf xabar bermoqda.
Qizig'i, Kayo o'tgan yili hamyurtimiz Mahmud Muradovni mag'lub etgan edi. Nursulton UFC'dagi ikkinchi jangi orqali Mahmud uchun "o'ch olish" imkoniga ham ega bo'lmoqda.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi ilk jangini ham braziliyalik raqibga qarshi o'tkazdi. Bruno Ferreyraga (10-1) qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz ilk raunddayoq nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Kayo Borralo (14-1) esa UFC'da hozircha to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
Fikrlar