20 dek 13:01
Yangiliklar
Tennis
Boris Bekker Jokovich yana nechta "Katta Dubulg'a" yutishi mumkinligini aytdi
Sobiq tennischi Boris Bekker ATP reytingi peshqadami Novak Jokovichning rejalari haqida gapirdi.
"Odamzod 36 yoshida bunday tennis o'ynamasligi kerak. U qaerdan ishtiyoq olmoqda? Novak hali ham tennisning hukmdori bo'lib turibdi. U shu yilning o'zida 4 ta "Katta Dubulg'a"ning 3 tasini yutdi va Alkarasga qarshi "Uimbldon" finalini yuqori darajada o'tkazdi. Men uchun bu uning yildagi eng yaxshi o'yini bo'ldi.
May oyida Jokovich 37 yoshga to'ladi, Alkaras esa tajriba to'plashda davom etmoqda. Menimcha, Jokovich o'z darajasini ushlab qoldi, yoshlar esa uning ortidan ergashmoqda. U hali yana 2-3ta " KattaDubulg'a"ni yuta oladi", - dedi Bekker.
Havola :
Manba : eurosport.com
Fikrlar