01 mar 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Boshim og'riyotgan edi". Paulo Kosta Adesanyaga qarshi jang oldidan spirtli ichimlik ichganini tan oldi
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi Paulo Kosta o'zining Israel Adesanyaga qarshi jangidan bir necha soat oldin bir shisha vino ichganini tan oldi.
Jang davomida uning boshi og'rigan.
"Jang qilayotganimda mast holatda edim. Jangdan avval mushaklarimdagi og'riq sabab uxlay olmagandim. Jang boshlanishi tonggi soat 9:00 da, men esa 5:00 da uyg'onishim kerak edi. Ammo, tunggi 2:30 gacha uxlay olmadim.
Bu mening xatoim edi. Hech kimni ayblamoqchi emasman. Men o'shanda uxlash uchun vino ichgan edim. Boshida biroz ichdim va bu yordam bermadi. SHundan so'ng, men bir shisha vinoning hammasini ichib tugatdim", - dedi Kosta.
Eslatib o'tamiz, Paulo Kosta Israel Adesanyaga ikkinchi raundda mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar