02 okt 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"Boshqa yo'lni tanlayman". Xabib raqiblariga jarohat etkazmaslikka harakat qilganini aytdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov janglarida raqiblarini jarohatlab qo'yishdan ehtiyot bo'lganini aytdi.
"Men Maykl Jonson bilan jang vaqtida u darajam emasligini tushunganman. Unga maslahat bergandim: "Bilasanmi, jang qanday tugaydi? Sabmishen bilan". Men uning qo'lini ushlab olganimda haqiqatdan ham sindirishim mumkin edi. Ammo buni qilmadim. Unga taslim bo'lishi kerakligini aytdim. U taslim bo'ldi va barchasi tugadi. Barcha omon qoldi. CHunki bu sportdagi maqsadim - odamlarga jarohat etkazmaslik. Aynan shu narsasiz chempion bo'lishni istagandim. Bazida zarba berishga ham to'g'ri kelgan, chunki bu shunday sport. Lekin imkoniyatim bo'lsa, nima uchun jarohat etkazishim kerak? Men boshqa yo'lni tanlayman", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar