16 okt 09:03
Yangiliklar
Velosport
Bo'stonliq yo'llari shossechilarimizni O'zbekiston chempionatiga chorlaydi
19-24 oktyabr kunlari velosiped sportining shosse yo'nalishi bo'yicha Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi.
Mazkur musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad turli yosh toifalaridagi jamoalarning tarkibini shakllantirish, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashdan iboratdir. O'z navbatida ushbu musobaqa milliy terma jamoani shakllantirish uchun selekciya vazifasini o'tab beradi.
Dasturga ko'ra, alohida start poygasi barcha yosh toifalarida 20 km, jamoaviy poyga 40 km masofaga o'tkaziladi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan guruh poygalari esa erkaklar o'rtasida 130 km, yigitlar uchun 103 km, ayollar uchun 89 km va qizlar uchun 62 km masofaga o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar