So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

23 fev 09:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Breaking news. Frensis Ngannu MMAga qaytmoqda!

Teglar :  Frensis Ngannu
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu yana "qafas"ga qaytishga qaror qildi.

O'tgan yili PFL ligasi bilan shartnoma imzolagan aralash yakkakurash ustasi oktagonni sog'ingan ko'rinadi. U 24 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan Rayan Beyder va Xenan Ferreyra o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Piter Myurrey rasman xabar berdi.

"PFL ligasi Frensis Ngannuning MMAga qaytayotganini katta xursandchilik bilan elon qiladi. U og'ir vaznda amaldagi Bellator chempioni Rayan Beyder hamda PFL ligasi kamari sohibi Xenan Ferreyra o'rtasidagi superjang g'olibi bilan to'qnash keladi. Frensis – haqiqiy aralash yakkakurash mabudasi. Uning butun dunyoda muxlislari bor. Beyder yoki Ferreyra? Biz Ngannuning raqibi kim bo'lishini sabrsizlik bilan kutamiz", - dedi PFL rahbari. 

O'z o'rnida Frensis Ngannuning o'zi ham ESPN kanaliga bergan intervyusida bu xabarni tasdiqladi. Hozircha "Dahshat"ning jangi sanasi va manzili haqida hech qanday malumot yo'q. SHunisi aniqki, uning raqibi Beyder yoki Ferreyra bo'ladi. Ayni paytda kamerunlik sobiq chempion 8 mart kuni Ar-Riyodda Entoni Joshuaga qarshi o'tkaziladigan boks jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida Ngannu professional boksda debyut qilgan va 10 raund to'liq davom etgan jangda hakamlarning ayri qarori bilan Tayson Fyuriga yutqazgandi. Uchinchi raundda Frensis amaldagi chempionni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing