18 dek 12:21
Yangiliklar
Futbol
"Brentford" bosh murabbiyi: "Husanov qizil olishi kerak edi"
"Brentford" bosh murabbiyi Keyt Endryusning fikricha, Gvardiola jamoasi 16-daqiqadayoq maydonda o'n kishi bo'lib qolishi kerak edi.
Bosh hakam o'sha vaziyatda Abduqodir Husanov Kevin SHadega qarshi qo'pol harakati uchun sariq kartochka berish bilan kifoyalangan edi.
"Men har doim hakamlarni himoya qilishga tayyorman; bu juda qiyin ish, lekin bu holatda ular xato qilishdi. Biroq, men voqeani ko'rib chiqqanimdan so'ng, SHadega darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketishi mumkin bo'lgan vaziyatda raqib unga qo'pollik ishlatdi. Ushbu vaziyatda raqib futbolchisi qizil kartochka olishi kerak edi.
Agar hakam Husanovga qizil berganida, bu bizga katta ustunlik taqdim etardi. Lekin biz buni hech qachon aniq bilmaymiz", - deya fikr bildirdi murabbiy.

Havola :
Fikrlar