19 dek 07:27
Yangiliklar
Britaniyalik boks eksperti Bahodir Jalolovning prof boksda chempion bo'lishi ehtimolini baholadi
"Eng og'ir vazn toifasi — bu havaskor boksning malum bosqichlarida eng qiyin divizion. Jalolov oltin medalgacha bo'lgan yo'lda hayratlanarli vaziyatni ko'rsatib ulgurmagan. U Teremoana bilan ham deyarli teng jang qilgandi. Agar uni ham nokaut qila olganida, bu ayni muddao bo'lar edi.
Uning professional boksda jahon chempioni bo'lish imkoniyatlariga kelsak, buning javobi vaziyatga bog'liq bo'ladi. Menimcha, Usik va Fyuri nafaqaga chiqqanidan keyin Jalolov chempionlik kamarini hech qanday muammosiz qo'lga kirita oladi.
SHunday ekan, ha, men uni jahon chempioni bo'ladi, deya olaman. Lekin u yanada ko'proq harakat qilishi va kuchli bokschilar bilan ko'proq jang o'tkazishi kerak", dedi Teylor.
Fikrlar