22 apr 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Broner vs Vargas. Jang durang natija bilan yakunlandi
Bizning vaqt bilan bugun ertalab AQSHda navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endrien Broner ikki vaznda sobiq jahon chempioni Jessi Vargasga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang durang natija bilan yakunlandi. Hakamlardan ikki nafari 114:114 hisobini qayd etdi. Uchinchi hakam esa 115:113 hisobida g'alabanii Bronerga berdi.
Aslida Broner engil vaznda sobiq jahon chempioni Omar Figeroa bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Omar mashg'ulot chog'ida olgan jarohati sabab ringga chiqmasligi malum bo'ldi. 28 yoshli Broner so'nggi jangida Mayki Garsiyaga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar