23 iyu 16:51
Yangiliklar
Futbol
Brunu Fernandesh: "Buni bolaligimda ham orzu qilmaganman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa sardori bo'lish yoqimli qaror bo'lganini aytdi.
"Ten Xag ushbu jamoani ko'z qorachig'idek asramoqchi. Barchamiz Xarri Maguayr bilan bo'layotgan holatni bilib turibmiz. SHu sababli jamoaning yangi sardori kim bo'lishini hech kim bilmagandi. SHu sababli ten Xag yig'ilish o'tkazib, barchasini malum qildi.
Xarri meni tabrikladi va xursandligini aytdi. Tushunaman, uning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Unga ham bu juda qiyin bo'ldi. Biroq o'rtamizdagi munosabatlar ajoyib. Bu men uchun katta faxr. Buni bolaligimda ham orzu qilmaganman. Orzularimdan-da uzoqroqqa etib keldim", - dedi Brunu.
Havola :
Fikrlar