So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

06 iyu 15:18
Yangiliklar

Futbol

"Bu 100 foizlik korrupciya". Belgiya matbuoti - Balogunning JCHdagi kechiktirilgan diskvalifikaciyasi haqida

FIFA intizom qo'mitasining AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikaciyasini kechiktirish haqidagi qarori Jahon chempionati - 2026 1/8 finali doirasidagi ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin arafasida Belgiya OAVlarida keskin munosabatga sabab bo'ldi.

Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Xususan, Belgiyaning RTBF telekompaniyasi sharhlovchisi Vensan Lanjandri "Balogun ishi: FIFA futbolni o'ldirmoqda" sarlavhali maqola chop etdi. Uning fikricha, xalqaro federaciya prezidenti Janni Infantino va AQSH etakchisi Donald Tramp o'rtasidagi aloqa "bemanilik va hatto sharmandalik cho'qqisiga" chiqqan.

Le Soir gazetasi ham FIFA qarorini keskin tanqid qildi: "Unchalik ham obro'li bo'lmagan ushbu tashkilot o'z xolisligini kimoshdi savdosiga qo'ydi".

Het Nieuwsblad tahririyati esa bundan ham qatiyroq fikr bildirdi: "Bu 100 foizlik korrupciya. Toza siyosat. Ular shunchaki maydonda eng yaxshi o'yinchilar to'p surishini xohlashadi… Infantino endi sport rahbari emas. U futbol kelajagini emas, o'z imperiyasini qurmoqda".

Eslatib o'tamiz, Balogun JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan edi, biroq FIFA kutilmaganda majburiy diskvalifikaciyani bir yillik shartli jazoga o'zgartirdi. Buning sharofati bilan Amerika jamoasining joriy birinchilikdagi eng yaxshi to'purari 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing