28 okt 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu faqat boshlanishi". Hasanboyni mag'lub etgan Saken Bibosinov o'z fikrlarini bildirdi
Qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinov Hasanboy Do'smatov ustidan qozongan g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Assalamu alaykum. Birinchi g'alabadan keyingi tabrik va qo'llab-quvvatlovlar uchun rahmat. Xudo xohlasa yana to'rtta jangim bor. Bu faqat boshlanishi. Kimga javob bera olmagan bo'lsam, uzr so'rayman. Bokschilarimizga muxlislik qiling", - deb yozdi Bibosinov Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, -51 kg vaznli Saken Bibosinov JCHning ilk jangida hamyurtimiz Hasanboy Do'smatovni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar