19 iyu 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu hayvon". Obunachilar Ngannuning tashqi qiyofasi 3 yil ichida qay darajada o'zgarganiga baho berishdi
Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Frensis Ngannu tashqi qiyofasi 2018 yildan 2021 yilgacha qanday o'zgarganligini ko'rsatdi.
U Instagramda UFC 220 va UFC 260 da olingan fotosuratlarni joylashtirdi.
"UFC 260 va UFC 220. Bir xil og'irlik, ammo boshqa konturlar", - deb u tasvirga izoh berdi.
Obunachilar izohlarda quyidagilarni yozdilar:
"Bu hayvon”
"Ikkalasi ham qo'rqinchli”
"Siz UFC 260da ancha yaxshi ko'rinasiz. Eng yaxshi ko'rinish, chempion”
Mart oyida Frensis Ngannu Stipe Miochichni nokautga uchratdi va og'ir vazn toifasida UFC kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar