15 okt 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu kechani sen hech qachon unutmaysan". Pyotr Yan Sterling bilan bo'lib o'tadigan jang sanasini tasdiqladi
UFCning amaldagi chempionati Pyotr Yan Aljameyn Sterlingning ijtimoiy tarmoqlardagi fikriga javob qaytardi.
Yan jang 12 dekabr kuni Las-Vegasda UFC 256 turnirida o'tkazilishini tasdiqladi.
"Sen haqsan. 12 dekabr kuni bo'ladigan kechani sen hech qachon unutmaysan, huddi 2017 yil 9 dekabr kabi",-deb yozdi Pyotr Yan o'zining tvitter sahifasida.
Oldinroq Yan va Sterling tvitterda o'zaro jangga kirishishgandi. Aljameyn Yanni jo'jacha deb atagan bo'lsa, rossiyalik jangchi Sterlingni tentak deya nomlagan va qachondir har bir so'zi uchun javob berishini aytgan edi.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan iyul oyida janglar orolida Joze Aldoni mag'lubiyatga uchratib chempionga aylangandi. Yanning hisobida 15 g'alaba va bir mag'lubiyat bor. Sterlingning ko'rsatkichi esa 19 g'alaba va uch mag'lubiyatni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar