So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

07 mar 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq: Fyuri - Uaylder revanshining cho'zilishi nimaga barcha uchun foydali?

Teglar :  FyuriBoksJoshua
Tayson Fyuri mashhur promouter Bob Arum bilan shartnoma imzolab, superog'ir vazn qirollaridan biriga aylandi.

Angliyalik bokschi Klichkoni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng, o'zini «qirol» deb elon qilgandi. Lekin, endilikda uni haqiqatdan ham «qirol» deb atasa bo'ladi. 

Nima uchun? Taysonga bunga erishish uchun uchta qadam etarli bo'ldi. Birinchisi, uzoq tanaffusdan so'ng Uaylder bilan jang qilish imkoniga ega bo'ldi. Ikkichidan, Uaylderga qarshi juda ajoyib jang olib bordi va nihoyat uchinchidan Bob Arum bilan shartnoma imzoladi.

Tayson Fyuri Klichko ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «qirol» deb atalmaganiga sabablar etarli edi. CHunki, bu davrga kelib Klichko avvalgi Klichko emasdi, shuningdek allaqachon bu vazn toifasida Uaylder va Joshua o'z nomlarini yozishni boshlashgandi. 

Fyuri va Klichko o'rtasidagi jangning qiziqarli lavhalari


Tayson va Uaylder o'rtasida bo'lib o'tgan dastlabki shiddatli jangdan so'ng, tashkilotchilar ikkinchi jangni tashkilashtirish uchun harakat qilishgandi. Umuman olganda barchasi Fyuri "Top Rank" va ESPN bilan shartnoma imzolagunga qadar yaxshi ketayotgandi. CHunki ushbu tashkilotlar Uaylderning hamkori hisoblangan PBS va Showtime bilan raqobatchi hisoblanadi. Endilikda ingliz bokchisi uchun Uaylder bilan jang qilish unchalik muhim hisoblanmay qoldi. Sababi, uning bunday mardonavor qaytishi ko'pchilikka yoqdi. Endi uning janglari so'zsiz Uaylder va Joshua janglaridan ham ko'proq muxlis to'playdi. Uaylder va Tayson o'rtasidagi ikkinchi jang bo'lishi ehtimoli hali ham yuqori. Lekin, jang bahor yoki yoz faslida bo'lmasligi aniq. Bunga sabab, ikkinchi jangni tezlik bilan emas, balki keyinroqa qoldirilsa jangga bo'lgan qiziqqish ancha ortadi va daromad ham shunga yarasha ortadi.  

Bu haqida Taysoning yangi promoutoriga aylangan Bob Arum ham takidlab o'tdi: "Jangni hozir emas, balki sentyabr oyida tashkilashtirsak, jang boks olamidagi eng katta daromadli janglardan biriga aylanishi mumkin, shuningdek, bokschilar  tushlarida ham ko'rmagan pullarga ega bo'ladilar”, - deb aydi Bob Arum. Arumning bu fikrlari haqiqatdan ham to'g'ri. Agar jang biroz keyinroq muddatga qoldirilsa, nafaqat Uaylder va Fyuri, balki ularning promoutrlari ham ancha foydaga ega bo'ladi. Bu muxlislarga ham foyda. 

Darhaqiqat, bunday bokschilar o'rtasidagi revanshni tezda o'tkazgandan ko'ra ularni 2-3 ta janglardan uchrashtirgan yaxshiroq. Boksda bunday holatlar bir necha bor kuzatilgan. Misol uchun,  Muhammad Ali va Jo Freyzer, Holifild va Riddik Boularning revanshi atayin kechiktirilgan. Janglar o'rtasida vaqt bo'lishi bokschilarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishlariga imkon beradi, shuningdek, muxlislarni jangga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.


Uayder va Tayson o'rtasidagi birinchi jangdagi eng qiziq vaziyatlar


Jang vaqtining ortga surilishi boshqa bokchilar uchun ham foydali tomonlari bor. Hayolimizda tasavvur qilib ko'rsak, Uaylder bilan Fyuri o'rtasida revanshni tezda o'tkazamiz, keyin yil oxiriga bormasdan jang g'olibi Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi. G'olib esa eng og'ir vaznda mutloq jahon chempioniga aylanadi. Keyinchi? Keyin nima bo'ladi? SHu sababli, uchala bokschi ham o'zaro jangni biroz paysalga solishsa, bundan o'zlari ham, muxlislar ham, hattoki boshqa bokschilar ham yutishadi. Hozirgi paytda Joshua, Uaylder, Fyuriga bu vazn toifasida kimlar bosh og'riq bo'lishi mumkin? Dillian Uayt, Jarrell Miller yoki Jozep Parkermi? Bizningcha ularga hali biroz bor bu darajaga chiqishga. Yoki Daniel Dyubua, Toni Yok, Jo Joys? Ammo, ular bu vazn toifasida jang o'tkazayotganliklariga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHu boisdan ham, ushbu uch nafar «qirol»ning janglarini surish boks olamidagi barcha uchun foydali bo'ladi.


Horijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing