04 sen 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA, Kikboksing, Sambo
Bu qiziq! Koreyada 12 ta sport turidan yakkakurashchilar bellashdi. Qaysi sportchi g'oliblikni qo'lga kiritdi?
Janubiy Koreyada yakkakurashlar bo'yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi.
"Eng yaxshi yakkakurash 2022" nomli turnirda 12 ta sport turi vakillari ishtirok etishdi. Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad yakkakurashlarda qaysi sport turi eng kuchli ekanligiga aniqlik kiritib olish edi.
Musobaqada boks, sambo, kiokushin karate, yangi kiokushin karate, tayboks, kikboksing, jiu-jitsu, jitkvondo, taekvondo, kudo, professional kurash va ushu sanda sporti vakillari ishtirok etishdi.
Turnir yakuniga ko'ra, sambochi Jexi CHan raqiblaridan ustun kelgan holda g'alabaga erishdi. U chorak finalda jiu-jitsu, yarim finalda jitkvondo vakillarini mag'lub etdi. Finalda esa kikbokschidan ustun kelib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar