22 dek 13:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Bu qiziq! O'zbekiston delegaciyasining Milan va Kortinadagi qishki Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalari nechtaga etdi?
Kelasi yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlari XXV qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi.
O'yinlarda ishtirok etuvchi O'zbekiston delegaciyasi yo'llanmalari soni yana bittaga ortgani, short-trek ustasi Daniil Eybog Olimpiadaga licenziyani qo'lga kiritgani haqida xabar bergandik.
Malumotlarga ko'ra, O'zbekistonning Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiadasi uchun yo'llanmalari soni 3 taga etgan.
Vakillarimiz o'yinlar doirasida erkaklar o'rtasidagi tog' chang'isi, juftlik yo'nalishidagi figurali uchish hamda erkaklar o'rtasidagi short-trek bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar