11 sen 16:10
Yangiliklar

"Bu shunchaki navbatdagi jang xolos". Golovkin Kaneloga qarshi trilogiya haqida gapirdi
"Men uchun bu shaxsiy masala emas. Bunda yashiradigan narsa yo'q. SHaxsiy bo'lganida, o'zingizni raqibingiz bilan solishtirasiz. Birinchi navbatda buni o'zingizga isbotlashni xohlaysiz.
Menda bunday emas. Bu shunchaki navbatdagi jang xolos. Ha, katta nomga ega principial raqib va bu meni xursand qiladi. Nima ham derdim. Agar bu shaxsiy adovat bo'lganida jang qiziq bo'lmas edi.
Uning Bivolga qarshi jangdagi mag'lubiyati shaxsiy masala edi deb qanday ayta olasiz? Bu erda ortiqcha hech narsa yo'q. Bu shunchaki boks.
Men uchun bu shunchaki biznes. Bu boshqa kurash va men hozir shu bilan shug'ullanayapman. SHaxsiy ishlarga aralashish bu ortiqcha", — dedi Golovkin THE FIGHTʼga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin o'rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arenaʼda bo'lib o'tadi.
Fikrlar