01 okt 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu uning fikri" - Usman Nurmagomedov Xabibning fikriga qo'shilmadi
Engil vazn toifasida PFL chempioni Usman Nurmagomedov murabbiyi, shuningdek, amakivachchasi, UFC SHon-shuhrat zali azosi Xabib Nurmagomedovning gaplariga javob qaytardi.
Usman Xabibning irlandiyalik Pol Xyuz undan revansh olishga loyiq, degan fikriga qo'shilmasligini bildirdi. Ularning jangi 3 oktyabr kuni Dubay (BAA) shahrida bo'lib o'tadigan PFL Road to Dubai Champions Series 3 turnirining asosiy to'qnashuvi hisoblanadi.
— Xabib Xyuz revanshga loyiq deb aytdi, sen esa teskari fikr bildirding. SHu gapingni izohlab bersang.
— Xabibning o'z fikri bor, mening ham fikrim bor. Bazida bizning fikrlarimiz mos kelmaydi. Nazarimda, Xyuz haliyam revanshga loyiq emas. Lekin bu bilan kimning ishi bor? Hech kimning. Juma kuni jang qilamiz", - dedi Nurmagomedov PFL turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar