19 iyu 13:30
Yangiliklar
Futbol
"Bu uyatli holat. Desham uchun alamli". Mbappe Franciyaning bronza uchun o'yindagi mag'lubiyatiga izoh berdi
Franciya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe jahon chempionatining uchinchi o'rini uchun kechgan bahs natijasidan norozi bo'ldi.
"Yakunda biz g'alaba qozona olmadik va bu uyatli holat. Murabbiyimiz uchun alamli bo'ldi. Biz u uchun ajoyib sovg'a taqdim etmoqchi edik. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz tufayli go'yoki uni uyatga qoldirgandek taassurot uyg'ondi — biz uning o'zini bunday his qilishini aslo istamagandik. Ammo bu o'yin Dide Deshamning qoldirgan buyuk merosiga aslo soya sola olmaydi", — deya Mbappening so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.
Avvalroq Desham Franciya terma jamosini tark etishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuv uning terma jamoadagi 14 yillik faoliyatidagi so'nggi o'yini bo'ldi. Franciya milliy jamoasi JCH-2014dan buyon ilk bor jahon birinchiligini medallarsiz yakunladi.

Havola :
Fikrlar