So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

05 iyu 07:38
Yangiliklar

Tadbirlar

Bu yil Olimpiya kuni nishonlanadimi?

Xabaringiz bor, har yili 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan butun dunyoda Olimpiya kuni keng nishonlanadi.

Har yili ushbu tadbir respublikamiz miqyosidagi ham o'zgacha tashkil etiladi. Unda aholining deyarli barcha qatlami qamrab olinadi. Bu yilgi tadbirlar boshqacha formatda tashkil etilishi rejalashtirilgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tadbirni tashkil etish yuzasidan onlayn yig'ilish o'tkazdi. Unda qo'mita va vazirlik rahbariyati Olimpiya kunini qay tartibda o'tkazish masalasini muhokama qilishdi.

Bu yilgi “Olimpiya kuni” murakkab sharoitda o'tishi bilan tarixda qoladigan bo'ldi. SHunga qaramasdan har bir mamlakatda mazkur sport bayramiga o'ziga xos tayyorgarlik olib borilmoqda. Uni O'zbekistonda ham zamon talabidan kelib chiqqan holda ko'tarinki ruhda o'tkazish har ikki tashkilotning bosh maqsadi bo'lib turibdi. Mazkur maqsad asosida tashkil qilingan yig'ilishda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, shuningdek, MOQ hamda vazirlik rahbariyati va xodimlari, hududlardagi vakillar ishtirok etishdi. Ushbu yig'ilishda ishtirokchilar pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda aholi orasida mana shunday sport bayramini targ'ib qilish borasida o'z takliflarini o'rtaga tashlashdi.

Takidlash joiz, Xalqaro olimpiya qo'mitasi ushbu bayram munosabati bilan barcha MOQlarga o'z tavsiyalarini jo'natgan. Suhbatda ushbu tavsiya asosida xorij tajribasini o'rgangan holda bayramga tayyorgarlik ko'rish va OAVda yoritish mavzulari ham ko'rib chiqildi. Yig'ilish davomida “Olimpiya kuni”ni o'tkazish borasida har ikki tashkilot o'rtasida ishchi guruh tuzilib, barchaga o'z sohasida qilinadigan ishlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. Mazkur bayramni ko'tarinki ruhda o'tkazish bo'yicha reja yakun kunlar ichida elon qilinadi. SHunisi aniqki, 2020 yilgi “Olimpiya kuni” karantin talablariga rioya qilingan holda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing