So’nggi yangiliklar

13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0 11:27Ўсмирларимиз Almaty Cadet Asian Cup 2026 турнирида 26 та медаль билан биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59Нурсултон Рўзибоев: "Қирғизистон ва Тожикистон ММА жангчиларининг даражаси бизникилардан баландроқ" 0 10:34Вьетнам уруши фахрийлари Оқ уйдаги UFC турнирини бекор қилишга уринмоқда 0 10:06Жаҳон чемпионатида ҳакамлар қанча маош олади? 0 09:37Пара дзюдо бўйича Ўзбекистон кубогига старт берилди 0 08:50Учта вазнда собиқ жаҳон чемпиони бўлган боксчи Муроджон Аҳмадалиевга жанг таклиф қилди 0 08:24Маҳмуд Мурадов иккитагина жанг орқали миллион доллар ишлаб олиш имкониятини қўлга киритди 0 07:53Тарихий мундиал. Бугун биз кутган ЖЧ-2026`га старт берилади 0 07:21Кун суратлари: Оқ уй ёнида октагон ўрнатилди 0 18:45Азат Максум ACA билан шартнома имзолади 0 18:11Конорга спарринг шерик бўлган ҳамюртимиз нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0

22 okt 14:31
Yangiliklar

Dzyudo

Budapesht biz uchun qanchalik omadli?

Teglar :  DzyudoVengriya
Xabar berganimizdek, 23-25 oktyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a tasnifiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tadi.

Unda 69 mamlakatdan 450 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirda terma jamoamiz tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. Quyida shu paytga qadar Budapeshtda bo'lib o'tgan musobaqalarda dzyudochilarimizning etiborga molik natijalarini yodga olamiz:

Budapesht 2014 yildan etiboran IJF tasnifiga kiruvchi musobaqalarga mezbonlik qiladi. Ushbu shaharda 2014-2016, 2018-2019 yillarda Gran-pri turnirlari, 2017 yil esa jahon chempionati bo'lib o'tgan. Ushbu musobaqalarda terma jamoamiz vakillari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo'lishgan. Yagona oltin medalni 2015 yil Yahyo Imomov -81 kg vazn toifasida qo'lga kiritgan edi.

2014 yil

Medal yo'q

2015 yil

Oltin: Yahyo Imomov (-81 kg)

Bronza: SHarofiddin Lutfillaev (-60 kg)

2016 yil

Kumush: Soyib Qurbonov (-100 kg)

Bronza: SHarofiddin Lutfillaev (-60 kg), Rishod Sobirov (-66 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg)

2017 yil (JCH)

Bronza: Diyorbek O'rozboev (-60 kg)

2018 yil

Medal yo'q

2019 yil

Bronza: SHahram Ahadov (-66 kg), Hikmatilloh To'raev (-73 kg)

Umid qilamizki, bu yilgi musobaqada terma jamoamiz vakillari Vengriya poytaxtida o'zlarining eng yaxshi natijasini qayd etishadi. Bu borada dzyudochilarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing