05 iyu 14:32
Yangiliklar

Budapesht “Katta Dubulg'a” turnirida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi malum
Unda butun dunyodan tashrif buyuradigan 66 mamlakat orasida hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi.
Qayd etish joiz, Islom birdamligi o'yinlariga tayyorlanayotgan asosiy tarkibimiz kuni kecha Gruziyada navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. Murabbiylar shtabi Budapesht turniriga ikkinchi tarkib vakillarini jalb etgan. SHunday bo'lsa ham ular orasida Hikmatilloh To'raev, SHahram Ahadov kabi nomlarni uchratish mumkin.
Terma jamoamiz tarkibi:
-60 kg: Mirzohid Mahamadjonov
-66 kg: Rahimjon Subxonov
-73 kg: SHahram Ahadov
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: Muso Sobirov
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov
-70 kg: Nodira Yo'ldosheva
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada jahon reytingi qatori Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun ham qimmatli reyting ochkolari o'ynaladi. Jamoamiz ertaga Budapesht shahriga yo'l oladi.
Fikrlar