14 iyu 09:49
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun 4 dzyudochimiz jahon chempionati medallari uchun kurashga kirishadi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining bugun ikkinchi kungi bahslari o'tkaziladi.
Bugun yilning eng nufuzli musobaqasida ayollar -52, erkaklar esa -66 kg vazn toifasida medallar hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar dzyudochisi ham bor.
Bugun kurashadigan dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova – Tatum Kin (Buyuk Britaniya)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova – Ilay Hayun (Isroil)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Hekim Agamammedov (Turkmaniston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Erbol Abasbekov (Qirg'iz Respublikasi)
Malumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar