19 iyu 17:17
Yangiliklar
Gimnastika
Bugun 44 yoshini nishonlayotgan Oksana CHusovitina Koreyada sovrindor bo'ldi
Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan gimnastikachimiz Oksana CHusovitina Janubiy Koreyaning CHeju shahri mezbonligidagi Korea Cup musobaqasida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, musobaqa CHusovitina uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tayanib sakrash yo'nalishida ishtirok etgan Oksana 14.550 ball jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa yakunda hamyurtimizga kumush medalni taqdim etdi. G'oliblik musobaqa mezboni YO Song Jongga nasib etgan bo'lsa, meksikalik Aleksa Mareno shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Sport gimnastikasi. Korea Cup.
Tayanib sakrash, ayollar.
1. YO Song Jong (Janubiy Koreya) – 14.817
2. Oksana CHusovitina (O'zbekiston) – 14.550
3. Aleksa Mareno (Meksika) – 14.367
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar